Biokimyoviy tahlillarApolipoprotein A I oqsil bo‘lib, xolesterinni to‘qimalardan jigarga qayta ishlash va organizmdan chiqarib tashlash uchun tashish bilan bog‘liq jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi. Apolipoprotein A I ning past darajasi yurak-qon tomir kasalliklari xavfining oshishini ko‘rsatadi.Qonning biokimyoviy tahlili xolesterin, triglitseridlar, glyukoza va yurak mushaklarining shikastlanish markerlari darajasini ko‘rsatadi, bu esa yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini va yurak-qon tomir tizimi holatini baholashga yordam beradi.Qalqonsimon bez holatiT4 erkin - bu qalqonsimon bez tomonidan ishlab chiqariladigan va tanadagi metabolizmni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydigan gormon. Qondagi erkin T4 darajasini o‘lchash qalqonsimon bezning funksiyasini baholashga yordam beradi. Erkin T4 miqdorining ko‘payishi gipertireozni, kamayishi esa gipotireozni ko‘rsatishi mumkin.Tireotrop gomon (TTG) - qalqonsimon bez funksiyasini baholash uchun asosiy biomarker hisoblanadi. Uning tahlili gipotireoz yoki gipertireoz kabi qalqonsimon bez faoliyatidagi buzilishlarni aniqlash imkonini beradi. Bu test ayniqsa qalqonsimon bez funksiyasining buzilishiga shubha qilinganda, shuningdek, ushbu holatlarni davolash samaradorligini kuzatishda muhim ahamiyatga ega.Yurak tekshiruvi
EKG natijalari ritm anomaliyalari, ishemiya mavjudligi va darajasi, yurak faoliyatining boshqa patologiyalarini aniqlash imkonini beradi.
EXO - yurak ishemik kasalligida, yurak sohasidagi noma’lum tabiatli og‘riqlarda, tug‘ma yoki orttirilgan yurak nuqsonlarida ko‘rsatilgan. Uni o‘tkazishga elektrokardiogrammaning o‘zgarishi, yurakdagi shovqinlar, uning ritmining buzilishi, gipertoniya kasalligi, yurak yetishmovchiligi belgilarining mavjudligi ham sabab bo‘lishi mumkin.
Sutkalik (Xolter) EKG monitoringi - kun davomida hech qanday noqulaylik tug‘dirmasdan EKGni soatlab qayd etish imkonini beradi. Apparat yuklama, stress, dori qabul qilgandan keyin va uyqu paytida yurak holatini qayd etadi. Bunday usul yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini tashxislashda shifokorning imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi va kerakli davolanishni amalga oshirish imkonini beradi.
Triglitseridlar - qonda uchraydigan va organizm uchun asosiy energiya manbai bo‘lgan yog‘ turi. Triglitseridlar darajasining oshishi yurak-qon tomir kasalliklari xavfining ortishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ayniqsa PZLP xolesterin darajasi bir vaqtning o‘zida ko‘tarilganda. Triglitseridlarning yuqori darajasi metabolik kasalliklar, qandli diabet, semizlik yoki boshqa kasalliklardan darak berishi mumkin.Xolesterin organizmning normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan yog‘simon moddadir, ammo uning ortiqcha miqdori yurak-qon tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin.YUZLP lipoprotein turi bo‘lib, ko‘pincha "yaxshi" xolesterin deb ataladi. YUZLP xolesterinni to‘qimalardan jigarga qayta ishlash va organizmdan chiqarishda muhim rol o‘ynaydi, bu esa arteriyalarda aterosklerotik pilakchalar hosil bo‘lishi va yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi.ZPLP lipoprotein turi bo‘lib, ko‘pincha "yomon" xolesterin deb ataladi. ZPLP xolesterinni jigardan to‘qimalarga o‘tkazadi va arteriya devorlariga cho‘kib, aterosklerotik pilakchalar hosil qilishi mumkin. Bu arteriyalarning torayishiga va miokard infarkti va insult kabi yurak-qon tomir kasalliklari xavfining oshishiga olib kelishi mumkin.Aterogenlik indeksi qondagi "yomon" xolesterin (ZPLP) va "yaxshi" xolesterin (ZYULP) o‘rtasidagi nisbatni baholash uchun ishlatiladigan ko‘rsatkichdir. U PZLP darajasining YUZLP darajasiga nisbati sifatida hisoblanadi va yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining xavf ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Aterogenlik indeksi qanchalik yuqori bo‘lsa, ateroskleroz va u bilan bog‘liq kasalliklar, masalan, miokard infarkti va insult rivojlanish xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi.Yurak-qon tomir kasalliklari diagnostikasiGomosistein - qon plazmasidagi oltingugurt tutuvchi aminokislota. Gomotsisteinning yuqori darajasida yurak-qon tomir kasalliklari, insult, Alsgeymer kasalligi va osteoporoz xavfi ortadi.
Kamqonlik diagnostikasiAnemiya yurak faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi va ko‘pincha yurak-qon tomir tizimi tomonidan patologik ko‘rinishlar ko‘rinishida "qon tarkibining buzilishi"ning birinchi belgisini berishi mumkin. D3 vitamini darajasi qondagi gemoglobin miqdorini va anemiya rivojlanish xavfini ko‘rsatadi.Qandli diabet tekshiruvlari
Och qoringa glyukoza va insulin darajasini baholash va insulin qarshilik indeksini hisoblash orqali insulinga chidamlilikni aniqlashga qaratilgan tadqiqot. Inulinrezistentlik darajasi yuqori bo‘lganda qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, moddalar almashinuvining buzilishi, metabolik sindrom rivojlanish xavfi ortadi.
Buyrak holatiUmumiy siydik tahlili batafsil - siydikning rangi, tiniqligi, zichligi, oqsil, glyukoza, eritrotsitlar, leykotsitlar va boshqalarning mavjudligi kabi turli ko‘rsatkichlarini baholash imkonini beradi. Siydikda oqsil, eritrotsitlar yoki leykotsitlar miqdorining ko‘payishi yallig‘lanish, infeksiya yoki buyrak faoliyatining boshqa buzilishlari mavjudligini ko‘rsatishi mumkin.Gematologik tekshiruvlarUmumiy qon tahlili (UQT) kengaytirilgan - umumiy salomatlik holatini baholash va turli patologiyalarni aniqlash imkonini beradi. U gemoglobin darajasini, eritrotsitlar, trombotsitlar, leykotsitlar va gematokrit miqdorini tekshirishni o‘z ichiga oladi, bu esa anemiya, yallig‘lanish yoki yuqumli jarayonlar mavjudligini aniqlash, shuningdek, qon ishlab chiqarish tizimi va immunitetning umumiy holatini baholash imkonini beradi.Asosiy koagulogramma qon ivish tizimini baholaydigan laboratoriya testidir. U qon ketish yoki tromboz xavfini aniqlash, antikoagulyantlar (masalan, varfarin, geparin) terapiyasini nazorat qilish, shuningdek, operatsiyalardan oldin qo‘llaniladi.Najasdagi yashirin qon tahlili (FOB) - (FOB-test, fecal occult blood test) - bu najasdagi ko‘zga ko‘rinmaydigan minimal qon aralashmalarini aniqlash uchun ishlatiladigan skrining tekshiruvi.Ultratovush tekshiruvlari
Bosh va bo‘yin tomirlari dopplerografiyasi yirik arteriya va venalarning o‘tkazuvchanligini yuqori aniqlikda baholaydi. U ateroskleroz, osteoxondrozda ularning tuzilishini ko‘rsatadi, qon bosimining pasayishi, ensefalopatiya, tez-tez bosh aylanishi yoki hushini yo‘qotish sababini aniqlashga yordam beradi.
Kompleks ultratovush tekshiruvlari tufayli gepatitlar, xoletsistitlar, o‘t-tosh kasalligi, sirroz, jigar to‘qimalarining yog‘li o‘zgarishlari, o‘t yo‘llari patologiyalari, o‘smalar, parazitar infeksiyalar, qon tomir kasalliklari aniqlanadi.